logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Flik: "Luis Enrike dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri"

 20 OKTYABR, 2026, 03:00

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Chempionlar ligasida "PSJ"ga qarshi o'yin oldidan parijliklar ustozi Luis Enrikening faoliyatiga yuqori baho berdi.

Nemis mutaxassis raqib jamoaning o'yin uslubi, yuqori sur'atdagi harakatlari va taktik jihatdan moslashuvchanligini alohida e'tirof etdi.

"Luis Enrike? Uning jamoasi fantastik futbol namoyish etmoqda. Enrikening o'zi esa dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri.

Menga uning futbolchilari qanday shiddat bilan o'ynashi, pressing qo'llashi, maydonda o'rin almashishi va turli taktik vaziyatlarga moslasha olishi yoqadi.

Bunday yuqori darajada bu ishlarni amalga oshirish shunchaki aqlbovar qilmaydigan holat. Luis Enrike ajoyib ishni bajargan", — dedi Flik matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, "PSJ" va "Barselona" 20 oktyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida o'zaro to'qnash keladi.

Parijdagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21 oktyabrga o'tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ