logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Xyoness: "Atletiko"ga qarshi o'z kuchimizni sinab ko'rmoqchimiz"

 20 OKTYABR, 2026, 03:00

"Shtutgart" bosh murabbiyi Sebastyan Xyoness Chempionlar ligasida Madridning "Atletiko" klubiga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan raqibning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

Nemis mutaxassisning ta'kidlashicha, Ispaniya jamoasi Evropaning eng kuchli klublari qatoriga kiradi va unga qarshi bahs "Shtutgart" uchun jiddiy sinov bo'ladi.

"Atletiko" Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri. Biz Chempionlar ligasida aynan shunday raqiblarga qarshi o'ynashni intizorlik bilan kutgandik.

Bu tarkibida nihoyatda iqtidorli futbolchilar jamlangan ajoyib jamoa.

"Atletiko" hozir juda yaxshi sport formasida ekanini bilamiz. Shunga qaramay, ularga qarshi o'z kuchimizni sinab ko'rishni istaymiz", — dedi Xyoness matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, "Shtutgart" Chempionlar ligasining joriy mavsumini ketma-ket ikki g'alaba bilan boshladi.

Nemis klubi dastlabki turda "Viking"ni 3:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, keyingi uchrashuvda Bratislavaning "Slovan" jamoasini 3:0 hisobida engdi.

"Shtutgart" va "Atletiko" o'rtasidagi uchrashuv 20 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21 oktyabrga o'tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ