logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Pedri: "Yamal — dunyoning eng yaxshi futbolchisi"

 20 OKTYABR, 2026, 02:34

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jamoadoshi Lamin Yamalning o'yiniga yuqori baho berib, uni ayni paytda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblashini bildirdi.

Ispaniyalik yarim himoyachining ta'kidlashicha, Yamal nafaqat yuqori texnik mahoratga ega, balki maydondagi har bir harakatidan zavq oladigan futbolchi hisoblanadi.

"U doimo muvaffaqiyatga intiladi va futbol o'ynashdan zavq oladi.

To'pni qabul qilib, driblingga kirishganida, gol urganida yoki golli uzatma berganida, futboldan qanchalik rohatlanayotganini darhol sezish mumkin.

Yamal maydonda katta farq yaratadi. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi", — deya Pedrining so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.

19 yoshli vinger joriy mavsumda "Barselona" safida 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar 20 oktyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida "PSJ" mehmoni bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ