logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Bu sharmandalik!» — «Kristal Pelas» murabbiyi 0:5 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng

 19 OKTYABR, 2026, 14:12

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Per Saj Angliya Premer-ligasining 7-turida «Brayton»dan qabul qilingan 0:5 hisobidagi yirik mag'lubiyat uchun barcha mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi.

Frantsiyalik mutaxassis jamoasining o'yinidan qattiq norozi ekanini bildirib, muxlislardan uzr so'radi.

«Bu mening aybim, chunki jamoani men boshqaraman. Futbolchilarni ruhlantirish, ularni turli vaziyatlarga tayyorlash mening vazifam. Bugun shu qadar yomon o'ynadiki, buning uchun o'zimni aybdor deb hisoblayman.

O'yinni tahlil qilish qiyin, chunki salbiy jihatlar juda ko'p. Uchrashuvni nihoyatda yomon boshladik. Bunday bahsda 9 daqiqa ichida 3 ta gol o'tkazib yuborish mutlaqo g'ayritabiiy holat.

Jamoani maydonga men tayyorlayman, shuning uchun sodir bo'lgan barcha voqealarga javobgarman. Endi oldimizda katta ish turibdi. Bunday holatlarni o'zgartirishimiz shart.

Muxlislarimizdan chin dildan kechirim so'ramoqchiman. Biz kutilgan darajada o'ynay olmadik. Bu uchrashuv ular uchun qanchalik muhimligini yaxshi bilaman. Afsuski, bugun maydonda uning biz uchun ham shunchalik ahamiyatli ekanini ko'rsata olmadik.

O'yindan keyingi hissiyotlarimmi? Faqat bitta — uyat. Bunday uchrashuvlarda o'zingizni butunlay boshqacha ko'rsatishingiz kerak. Biz esa eng yomon qiyofamizni namoyish etdik», — deya Sajning so'zlarini keltiradi BBC.

Ayni paytda «Kristal Pelas» Angliya chempionatining 7 turidan keyin 7 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ