logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Allegri «Napoli»ga Gabriel Jezusni olib kelmoqchi bo'lgan

 19 OKTYABR, 2026, 14:00

«Napoli» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yozgi transfer oynasida o'zi istagan futbolchini qo'lga kirita olmagani ma'lum bo'ldi.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, italiyalik mutaxassis klub prezidenti Aurelio De Laurentis va sport direktori Jovanni Mannadan faqat bitta futbolchi — Gabriel Jezusni sotib olishni so'ragan.

Allegri braziliyalik hujumchini jamoa hujum chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy nomzod deb hisoblagan. Biroq De Laurentis transfer xarajatlari, ayniqsa, futbolchining yuqori maoshini inobatga olib, ushbu kelishuvni amalga oshirishdan voz kechgan.

Natijada 29 yoshli Jezus yozda «Arsenal»ni tark etib, 10 million evro evaziga «Barselona»ga ko'chib o'tgan.

Shu tariqa, Allegri yozgi transfer oynasida o'zi ustuvor deb bilgan hujumchini «Napoli» safiga qo'shib ola olmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ