logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kelvert-Lyuin APLdagi eng sermahsul angliyalik futbolchiga aylandi

 19 OKTYABR, 2026, 14:00

«Lids» hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin o'tgan mavsum boshidan buyon Angliya Premer-ligasida eng ko'p gol urgan mahalliy futbolchi bo'lib turibdi.

Angliya chempionatining 7-turida «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan uchrashuvda 29 yoshli hujumchi yana bir bor o'z hisobini boyitdi. U 51-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni tenglashtirdi. Bahs 1:1 natijasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, Kelvert-Lyuinning o'tgan mavsum boshidan buyon APLda kiritgan gollari soni 18 taga etdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u barcha angliyalik futbolchilarni ortda qoldirmoqda.

Undan keyingi o'rinlarni 16 tadan gol urgan Olli Uotkins va Morgan Gibbs-Uayt egallab turibdi. Morgan Rojers hisobida 14 ta, Denni Uelbek hisobida esa 13 ta gol mavjud.

Eslatib o'tamiz, Kelvert-Lyuin o'tgan mavsumda erkin agent sifatida «Lids» safiga qo'shilgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ