logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Frimpong va Jeymsning jarohati ikki grandni transfer bozoriga qaytarishi mumkin

 19 OKTYABR, 2026, 13:54

«Liverpul» va «Chelsi» Portugaliyaning «Benfika» klubi himoyachisi Daniel Banjakini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

TEAMtalk nashrining xabar berishicha, Angliyaning ikki grandi 18 yoshli futbolchining o'yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda.

Har ikki jamoada ham so'nggi kunlarda o'ng qanot himoyasida kadrlar bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgan. Xususan, «Liverpul» futbolchisi Jeremi Frimpong va «Chelsi» sardori Ris Jeyms jarohat sabab ma'lum muddatga safdan chiqqan.

Shu bois klublar mazkur pozitsiyani kuchaytirish uchun yosh portugaliyalik futbolchining nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Banjakining «Benfika» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan. Uning kelishuvida belgilangan tovon puli 38 million funtni tashkil etadi. Transfermarkt portali esa himoyachining bozor qiymatini 10 million evroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Banjaki «Benfika»ning asosiy jamoasida 3 ta, klubning ikkinchi tarkibida esa yana 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ