Romano: «Real» Kurtuaning kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi
19 OKTYABR, 2026, 13:48
Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoa bilan hamkorlikni davom ettirishga yaqin turibdi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «qirollik klubi» rahbariyati belgiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma yuzasidan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlagan. Tomonlar kelishuvga erishgan bo'lib, yangi bitim 2028 yilgacha amal qiladi.
34 yoshli Kurtua 2018 yilning avgust oyidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.
Ayni paytda tajribali darvozabonning transfer qiymati 15 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Kurtua Ispaniya chempionatida 9 ta uchrashuv o'tkazib, darvozasidan 9 ta gol o'tkazib yubordi. Ikkita bahsda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
