logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Liverpul» va «Bavariya» «Barselona» himoyachisiga qiziqmoqda

 19 OKTYABR, 2026, 13:42

«Barselona» himoyachisi Jerar Martin Evropaning bir qator etakchi klublari e'tiborini tortmoqda.

Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, 24 yoshli futbolchiga Angliyaning «Liverpul» va Germaniyaning «Bavariya» klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, boshqa grandlar ham uning vaziyatini kuzatib bormoqda.

Biroq «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Martinning jamoadan ketishiga qarshi. Germaniyalik mutaxassis himoyachini tarkibda saqlab qolishni istamoqda.

Kataloniya klubi ham futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida va ayni paytda yangi shartnoma ustida ish olib bormoqda.

Martinning «Barselona» bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt portali 24 yoshli himoyachining bozor qiymatini 40 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ