Virtsning «Liverpul»dagi kelajagi borasida yangi ma'lumot paydo bo'ldi
19 OKTYABR, 2026, 13:36
«Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virts faoliyatini hozirgi jamoasida davom ettirish niyatida.
CaughtOffside nashrining xabar berishicha, germaniyalik futbolchiga «Chelsi» qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlarga qaramay, u mersisaydliklar safini tark etishni rejalashtirmayapti.
E'tiborlisi, londonliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso avvalroq Virts bilan Leverkuzenning «Bayer» klubida birga ishlagan. Biroq 23 yoshli yarim himoyachi sobiq ustozi bilan qayta birlashishdan ko'ra, «Liverpul»da qolishni afzal ko'rmoqda.
Joriy mavsumda Virts barcha musobaqalarda 9 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt portali germaniyalik futbolchining transfer qiymatini 85 million evroga baholamoqda.
