logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Real» «Sevilya»ga qarshi 18 ta uy o'yinining 17 tasida kamida 2 ta gol urdi

 19 OKTYABR, 2026, 13:30

Madridning «Real» klubi «Sevilya»ga qarshi uy uchrashuvlaridagi yuqori sermahsulligini yana bir bor namoyish etdi.

Ispaniya chempionatining 9-turida «qirollik klubi» andalusiyaliklarni «Santyago Bernabeu» stadionida 4:1 hisobida mag'lub etdi.

E'tiborlisi, «Real» «Sevilya»ga qarshi Madridda o'tkazilgan so'nggi 18 ta o'yinning 17 tasida raqib darvozasiga kamida ikkitadan gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Mazkur seriyada madridliklar faqat 2024 yilning fevral oyida ikki yoki undan ortiq gol ura olmagan. O'shanda Luka Modrichning 81-daqiqada kiritgan yagona to'pi «Real»ga 1:0 hisobidagi g'alabani taqdim etgandi.

Bu galgi uchrashuvda esa Arda Gyuler 30-daqiqada hisobni ochdi. Kilian Mbappe 37 va 63-daqiqalarda dubl qayd etdi. «Sevilya» safida Bueno 80-daqiqada javob golini urgan bo'lsa, 82-daqiqada Yan Diomande yakuniy hisobni o'rnatdi.

Uchrashuvni bosh hakam Mateo Buskets Ferrer boshqardi.

Ayni paytda «Real» 21 ochko bilan La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda va «Barselona»dan 6 ochko ortda qolmoqda. «Sevilya» esa 14 ochko bilan oltinchi pog'onada joylashgan.

Madridliklar navbatdagi turda aynan «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ