Bove Italiya chempionatiga qaytish ehtimoli haqida gapirdi
19 OKTYABR, 2026, 13:24
Angliyaning «Uotford» klubi yarim himoyachisi Edoardo Bove kelajakda Italiya A Seriyasiga qaytish ehtimolini istisno etmasligini bildirdi.
Avvalroq «Roma» va «Fiorentina» sharafini himoya qilgan futbolchi hozirgi jamoasida o'zini baxtli his qilayotganini, biroq Italiya futboli bilan aloqasini uzmaganini ta'kidladi.
«Italiyaga qaytish? Kelajakda nega endi yo'q? Hozirgi jamoamda o'zimni baxtli his qilyapman.
Faoliyatimdagi maqsadlarimdan biri xorijda o'ynash edi. Ammo Italiya chempionatini hamon kuzatib borishimni yashirmayman.
“Roma” va Italiyaga bo'lgan mehrim saqlanib qolgan. Hozirgi holatimdan mamnunman, lekin kelajakdagi hech bir imkoniyatdan voz kechmoqchi emasman», — deya Bovening so'zlarini keltiradi Calciomercato.
Joriy mavsumda Bove «Uotford» safida barcha musobaqalarda 7 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
Ayni paytda «Uotford» Angliya Chempionshipi turnir jadvalida 20-o'rinni egallab turibdi.
