logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Uilshir: «Unga qarshi o'ynash dahshatli edi»

 19 OKTYABR, 2026, 13:24

«Arsenal» va Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Jek Uilshir faoliyati davomida qaysi futbolchiga qarshi o'ynashni eng kam yoqtirganini ma'lum qildi.

Angliyalik sobiq futbolchi shotlandiyalik Skott Braunni o'zi uchun eng noqulay raqib sifatida tilga oldi.

«Skott Braun. Unga qarshi unchalik ko'p o'ynamaganman. Bir marta “Seltik” safida harakat qilganida rasmiy uchrashuvda, yana bir bor mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida to'qnash kelganmiz.

Unga qarshi o'ynash dahshatli edi. Angliya terma jamoasi safida ham unga qarshi maydonga tushganman va bu juda yoqimsiz tajriba bo'lgan.

Hatto u seni qattiq urishni maqsad qilmagan bo'lsa ham, baribir zarbasi juda kuchli chiqardi», — dedi Uilshir The Athletic'ning YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Skott Braun 2005–2017 yillarda Shotlandiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Klublar miqyosida esa «Xibernian», «Seltik» va «Aberdin» safida to'p surgan.

U «Seltik» bilan Shotlandiya chempionligini 10 marta qo'lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ