Lautaro Martines noyabr oxirigacha maydonga tushmasligi mumkin
19 OKTYABR, 2026, 13:00
«Inter» hujumchisi Lautaro Martines jarohati sabab bir necha hafta davomida jamoasiga yordam bera olmaydi.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, 29 yoshli argentinalik futbolchi Chempionlar ligasi umumiy bosqichida «Bryugge»ga qarshi kechgan uchrashuvda (3:4) chap oyoq mushagidan jarohat olgan.
Dastlabki taxminlarga ko'ra, Martines noyabr oyining oxiriga borib safga qaytishi mumkin. Uning 22 noyabr kuni «Atalanta»ga qarshi mehmonda o'tkaziladigan bahsda maydonga tushishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda argentinalik hujumchi «Inter» safida 7 ta uchrashuv o'tkazib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Manba: stadion.uz
