Rayya «Arsenal»ning ketma-ket g'alabalariga munosabat bildirdi
19 OKTYABR, 2026, 12:36
«Arsenal» darvozaboni David Rayya jamoasining xalqaro tanaffusdan keyingi o'yinlari va erishgan natijalari haqida fikr bildirdi.
Londonliklar «Brayton»dan uchralgan og'ir mag'lubiyatdan so'ng o'zlarini tiklab, ketma-ket uchta uchrashuvda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.
«Biz tanaffusdan keyin ancha kuchli bo'lib qaytdik. Ayniqsa, “Brayton”dan qabul qilingan og'ir mag'lubiyatni hisobga olsak, jamoamizning bunga qanday javob qaytargani shunchaki aqlbovar qilmaydigan holat.
Har bir uchrashuvda ko'rsatgan o'yinimizdan juda mamnunman. Albatta, hali ham yaxshilashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor», — deya Rayyaning so'zlarini keltiradi Arsenal Radar.
Xalqaro tanaffusdan keyin Mikel Arteta shogirdlari Angliya chempionatida «Lids»ni 2:1, «Nottingem Forest»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Shuningdek, Chempionlar ligasida «Lill» ustidan 3:0 hisobida ishonchli g'alaba qozondi.
Ayni paytda «Arsenal» APLning 7 turidan keyin 18 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. 21 ochko jamg'argan «Manchester Siti» turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Londonliklar navbatdagi uchrashuvini 21 oktyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Bavariya»ga qarshi Myunxenda o'tkazadi.
