logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Hammasini hakamlar hal qildi» — «Sevilya» futbolchisi «Real»dan uchralgan mag'lubiyat haqida

 19 OKTYABR, 2026, 12:34

«Sevilya» himoyachisi Xuan Iglesias Ispaniya chempionatining 9-turida «Real»dan qabul qilingan 1:4 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng hakamlar faoliyatini keskin tanqid qildi.

Futbolchining fikricha, «Santyago Bernabeu»dagi uchrashuv taqdiriga hakamlarning bahsli qarorlari jiddiy ta'sir ko'rsatgan.

«O'yin taqdirini hakamlar hal qildi. Birinchi bo'limda Gyuler Pekega nisbatan qo'pol harakat qildi. Mbappe ikkinchi golni urgan vaziyatda esa Konate Yurga qarshi qoidabuzarlikka yo'l qo'ygandi.

“Bernabeu”da shunday holatlar sodir bo'lishini oldindan bilgandik», — deya Iglesiasning so'zlarini keltiradi Madrid Zone.

Eslatib o'tamiz, 23-daqiqada Arda Gyuler Pekening yuziga tirsagi bilan zarba bergan, biroq bosh hakam videotakrorni ko'rib chiqmagan va turkiyalik futbolchini jazolamagan. Oradan etti daqiqa o'tib, Gyuler uchrashuvda hisobni ochgan.

«Real» birinchi bo'limni 2:0 hisobida yakunladi. Tanaffusdan keyin madridliklar yana ikki bor gol urdi, mehmonlar esa 80-daqiqada yagona javob to'pini kiritdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ