logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kike Salas: «Gyuler gol urishidan oldin maydondan chetlatilishi kerak edi»

 19 OKTYABR, 2026, 12:34

«Sevilya» himoyachisi Kike Salas Ispaniya chempionatida «Real»ga qarshi kechgan uchrashuvda (1:4) Arda Gyuler maydondan chetlatilishi kerak bo'lganini ta'kidladi.

Bahsli vaziyat birinchi bo'limning 23-daqiqasida yuz berdi. Gyuler to'p uchun kurash paytida Pekening yuziga tirsagi bilan zarba berdi. Raqib futbolchisi maydonga qulaganiga qaramay, bosh hakam turkiyalik yarim himoyachiga hatto sariq kartochka ham ko'rsatmadi.

Oradan etti daqiqa o'tib, Gyuler hisobni ochdi. 37-daqiqada esa Kilian Mbappe madridliklarning ustunligini oshirdi.

«Gyuler Pekega zarba berguniga qadar o'yin bizning nazoratimizda edi. Bu aniq qizil kartochka! Agar u maydondan chetlatilganida, hammasi boshqacha bo'lishi mumkin edi.

Nima uchun hakam videotakrorni ko'rishga bormaganini tushunmayman. Pekening aytishicha, Gyuler uning yuziga tirsagi bilan zarba bergan», — deya Salasning so'zlarini keltiradi Madrid Zone.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ