logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Tottenxem» Yaponiya terma jamoasi hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

 19 OKTYABR, 2026, 12:24

Londonning «Tottenxem» klubi hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida «Frayburg» futbolchisi Yuito Suzukini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

CaughtOffside nashrining xabar berishicha, «shporlar» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi tarkibni kuchaytirish niyatida va 24 yoshli yaponiyalik hujumchi asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.

Biroq Suzukining transferi londonliklarga arzonga tushmaydi. «Frayburg» o'z futbolchisi uchun taxminan 45 million evro talab qilishi mumkin.

Joriy mavsumda Suzuki barcha musobaqalarda 9 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol muallifi bo'ldi.

Ayni paytda «Tottenxem» Angliya Premer-ligasining 6 turidan keyin atigi 3 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ