logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Real»ga «Barselona» bilan o'yin oldidan ochko yo'qotishga yo'l qo'yishmadi» — «Sevilya» murabbiyi

 19 OKTYABR, 2026, 12:24

«Sevilya» bosh murabbiyi Luis Garsiya Plasa Ispaniya chempionatida «Real»dan qabul qilingan 1:4 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng hakamlar faoliyatini keskin tanqid qildi.

Mutaxassis, ayniqsa, uchrashuvning 23-daqiqasida Arda Gyuler va Peke ishtirokida yuz bergan vaziyatdan norozi bo'ldi. Turkiyalik yarim himoyachi raqibining yuziga tirsagi bilan zarba bergani taxmin qilinmoqda. Biroq bosh hakam videotakrorni ko'rib chiqmadi va Gyuler jazosiz qoldi. Oradan ko'p o'tmay, u hisobni ochdi.

«Hakam Gyulerni maydondan chetlatishi shart edi. Bu aniq qizil kartochka! Biz 70 daqiqa davomida bir kishi ko'p bo'lib o'ynashimiz kerak edi.

Mbappening birinchi goli ham bekor qilinishi lozim edi. Chunki o'sha vaziyatda Konate qoidabuzarlikka yo'l qo'ygan.

Nima uchun VAR hakamga vaziyatni qayta ko'rib chiqishni tavsiya etmaganini tushunmayman. Balki bu yaqinlashayotgan “El-klasiko” bilan bog'liqdir.

Ehtimol, “Real”ning “Barselona”ga qarshi o'yin oldidan ochko yo'qotishiga yo'l qo'yishni istashmagandir. Agar biz bugun g'alaba qozonganimizda, madridliklarning peshqadamdan ortda qolishi 9 ochkoga etardi», — dedi Garsiya Plasa matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, «Real» va «Barselona» o'rtasidagi navbatdagi «El-klasiko» 25 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ