Glasner: «Chempionga faqat bir marta aniq zarba berish imkonini berdik»
19 OKTYABR, 2026, 12:12
«Nottingem Forest» bosh murabbiyi Oliver Glasner Angliya Premer-ligasi doirasida «Arsenal»ga qarshi kechgan uchrashuvdagi 0:1 hisobidagi mag'lubiyatga munosabat bildirdi.
«To'g'risi, bugun bunday natijaga loyiq emasligimizni hamma tushunib turibdi, deb o'ylayman. Ammo yana mag'lub bo'ldik va “Siti Graund”dagi navbatdagi o'yinda ham gol ura olmadik.
Himoyada juda yuqori saviyada harakat qildik. Raqibning zarbasi yo'nalishini o'zgartirdi va “Arsenal” g'alabani qo'lga kiritdi. Bizda ham imkoniyatlar bo'ldi, ammo chempionlarga qarshi bahslarda ulardan unumli foydalanish shart.
Bugun jamoamiz yaxshi o'yin, fidoyilik, birdamlik va yuqori ishtiyoq namoyish etdi. Shunga qaramay, ijobiy natijaga erisha olmadik.
Agar chempion jamoaga butun o'yin davomida darvoza tomon atigi bitta aniq zarba berish imkonini yaratsangiz, demak, yaxshi ishlagansiz. Endi uchrashuvni tahlil qilishimiz, ijobiy kayfiyatni saqlab, birgalikda ishlashda davom etishimiz kerak. Ishonamanki, natijalar albatta keladi», — deya Glasnerning so'zlarini keltiradi BBC.
Eslatib o'tamiz, «Arsenal» mazkur bahsdagi yagona golni 80-daqiqada kiritdi.
Ushbu natijadan so'ng «Nottingem Forest» 5 ochko bilan turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi. «Arsenal» esa 18 ochko jamg'argan holda ikkinchi pog'onada bormoqda.
