Kerrik Lisandro Martinesning jarohati haqida ma'lumot berdi
19 OKTYABR, 2026, 12:12
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik Angliya Premer-ligasining 7-turida «Lids»ga qarshi o'tkazilgan uchrashuvda (1:1) Lisandro Martinesning almashtirilishiga izoh berdi.
Argentinalik himoyachi birinchi bo'limdagi to'qnashuvdan keyin o'yinni davom ettira olmadi.
«Martines to'qnashuvdan keyin maydonni tark etdi. Uning jarohati jiddiy emas, deb umid qilamiz.
Futbolda hammasini ayrim vaziyatlar hal qiladi, gollar esa o'yin taqdirini o'zgartirishi mumkin. Birinchi bo'limda tanlangan taktik sxema bo'yicha yaxshi harakat qildik. Ammo tanaffusdan keyin standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. “Hall”ga qarshi dastlabki o'yinda ham shunday xatoga yo'l qo'ygandik. Bugun bu holat takrorlangani alamli.
Raqib himoyamizni muntazam yorib o'tib, ko'plab xavfli vaziyatlar yaratdi, deb bo'lmaydi. Biz bosimga bardosh berib, ajoyib jamoaviy ruh namoyish etdik. Afsuski, bu mavsumda bunday o'yinni juda kam ko'rsatyapmiz», — deya Karrikning so'zlarini keltiradi BBC.
Mazkur durangdan so'ng «Manchester Yunayted» 7 ochko bilan APL turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi.
