Nagoyada V Para Osiyo o'yinlarining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi
19 OKTYABR, 2026, 12:06
18 oktyabr kuni Nagoya shahridagi “Paloma Mizuho” stadionida V Para Osiyo o'yinlarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. O'yinlarni Yaponiya imperatori Naruxito ochiq deb e'lon qildi. Tantanada 45 ta mamlakatdan 4 mingga yaqin sportchi va rasmiylar qatnashdi.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston delegatsiyasi 11 ta sport turi bo'yicha 149 nafar sportchi bilan qatnashmoqda. Bu Xanchjou-2022 o'yinlaridagiga qaraganda qariyb bir yarim baravar ko'p. Para sportchilarimiz ilk bor para qilichbozlik, bochcha va para kamondan otish turlarida ham bellashadi.
O'yinlarda 18 ta sport turi bo'yicha 492 ta medal to'plami o'ynaladi, musobaqalar 24 oktyabrgacha davom etadi.
19 sentyabrdan 4 oktyabrgacha Aichi-Nagoyada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida O'zbekiston delegatsiyasi jami 70 ta medal qo'lga kiritdi: 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza. O'zbekiston umumjamoa hisobida 5-o'rinni egalladi.
