Sobiq hakam: «Real» futbolchisi maydondan chetlatilishi kerak edi
19 OKTYABR, 2026, 12:06
Ispaniyalik sobiq hakam Iturralde Gonsales «Real» va «Sevilya» o'rtasidagi uchrashuvda madridliklar himoyachisi Ibraima Konate maydondan chetlatilishi kerak bo'lganini ta'kidladi.
Mutaxassis «Santyago Bernabeu»da kechgan bahsda Konate va «Sevilya» hujumchisi Robert Yur o'rtasidagi to'qnashuvga munosabat bildirdi.
«Maydon markazida qoidabuzarlik sodir etildi. Agar hakam folni qayd etganida, “Real” himoyachisi qizil kartochka olishi kerak edi. Chunki Yur darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketayotgandi.
Bunday yuqori darajadagi stadionda takroriy lavhalar sifati nega bu qadar past? Dunyoning eng yaxshi ligasi uchun bu mutlaqo qabul qilib bo'lmaydigan holat. Ular 2030 yilgi jahon chempionatida ham shunday sifatdagi tasvirlarni namoyish etmoqchimi?» — deya Gonsalesning so'zlarini keltiradi AS nashri.
Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuvda «Real» raqibini 4:1 hisobida mag'lub etdi.
