logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Madueke: "Arsenal" haqiqiy chempionlik ruhini namoyish etdi"

 19 OKTYABR, 2026, 11:34

"Arsenal" hujumchisi Noni Madueke Angliya Premer-ligasining 7-turida "Nottingem Forest" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoasining o'yiniga baho berdi.

Londonliklar safarda 1:0 hisobida ustun kelishdi. Uchrashuvdagi yagona golga aynan Madueke mualliflik qildi.

Futbolchining ta'kidlashicha, raqib jiddiy qarshilik ko'rsatganiga qaramay, "Arsenal" g'alaba qozonish uchun etarlicha xarakter namoyish etgan.

"Raqib bizga juda ko'p qiyinchilik tug'dirdi. Bu haqiqatan ham og'ir uchrashuv bo'ldi.

Barchamiz g'alabadan juda xursandmiz. Biz maydonda matonat, qat'iyat va haqiqiy chempionlik ruhini ko'rsatdik", — dedi Madueke Sky Sports nashriga.

Angliyalik hujumchi bosh murabbiy Mikel Arteta o'yin davomida futbolchilardan nimalarni talab qilganini ham aytib o'tdi.

Uning so'zlariga ko'ra, Arteta jamoaga belgilangan rejadan chetga chiqmaslik, hujumda xavfli vaziyatlar yaratish, o'z uslubiga sodiq qolish va himoyada ishonchli harakat qilish bo'yicha ko'rsatmalar bergan.

Mazkur g'alabadan keyin "Arsenal" hisobidagi ochkolar soni 18 taga etdi.

Ayni paytda londonliklar Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ