logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Maguayr Martinesning "Manchester Yunayted" haqidagi shov-shuvli gaplariga munosabat bildirdi

 19 OKTYABR, 2026, 11:30

"Manchester Yunayted" himoyachisi Garri Maguayr jamoadoshi Lisandro Martinesning klubdagi vaziyat haqida bildirgan keskin fikrlariga munosabat bildirdi.

Avvalroq argentinalik futbolchi mankunianliklarning muammolarini hal qilish uchun bosh murabbiyni almashtirish shart emasligini ta'kidlagan edi. Uning fikricha, klubga ko'proq sarmoya kiritilishi va texnik direktor o'z vazifasini yaxshiroq bajarishi zarur.

Martinesning bu so'zlari atrofida katta muhokamalar yuzaga keldi. Maguayr esa jamoadoshi allaqachon uzr so'raganini ma'lum qildi.

"So'nggi kunlarda bu masala atrofida juda ko'p shov-shuv bo'ldi. Martines allaqachon uzr so'radi.

Endi bu voqeani ortda qoldirib, oldinga harakat qilishimiz kerak.

U oxirgi uchrashuvning birinchi bo'limida ajoyib o'ynadi. Umid qilamizki, olgan jarohati jiddiy emas", — deya Maguayrning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Qayd etish joiz, "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasidagi so'nggi uchrashuvida "Lids" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, mankunianliklar chempionatning dastlabki ettita turidan so'ng musobaqa jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ