Amorim "Milan" tarixidagi noyob natijani qayd etdi
19 OKTYABR, 2026, 11:00
"Milan" bosh murabbiyi Ruben Amorim Italiya A Seriyasidagi muvaffaqiyatli faoliyati orqali klub tarixiga kirdi.
Portugaliyalik mutaxassis shogirdlari chempionatning 7-turida "Atalanta"ni 3:2 hisobida mag'lub etishdi. Ushbu g'alaba Amorimga "Milan" tarixidagi noyob natijani takrorlash imkonini berdi.
Gap shundaki, 41 yoshli murabbiy "rossonerilar" boshqaruvidagi dastlabki ettita uchrashuvda biror marta ham mag'lubiyatga uchramadi. Uning hisobida to'rtta g'alaba va uchta durang bor.
Bungacha "Milan" tarixida faqat ikki mutaxassis A Seriyadagi dastlabki ettita o'yinini mag'lubiyatsiz o'tkazgan edi.
1955 yilda Ektor Purichelli uchta g'alaba va to'rtta durang qayd etgan bo'lsa, 1963 yilda Luis Karnilya to'rtta g'alaba va uchta durangga erishgan.
Shu tariqa, Amorim klubning 63 yildan beri takrorlanmagan natijasini qayd etgan uchinchi murabbiyga aylandi.
"Milan" Italiya chempionatining navbatdagi turida 25 oktyabr, yakshanba kuni safarda "Udineze"ga qarshi maydonga tushadi.
Manba: stadion.uz
