logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Milan" himoyachisi: "65-daqiqadan keyin o'yin nazoratini yo'qotdik"

 19 OKTYABR, 2026, 10:34

"Milan" himoyachisi Mario Xila Italiya A Seriyasining 7-turida "Atalanta" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoasining o'yiniga baho berdi.

Milanliklar 3:2 hisobida ustun kelgan bo'lsa-da, uchrashuvning ikkinchi qismida tashabbusni raqibga boy berib, g'alabani qo'ldan chiqarish xavfiga duch kelishdi.

Xilaning fikricha, jamoa dastlabki 65 daqiqa davomida maydonda ustunlik qilgan, ammo keyinchalik o'yin tizimi buzilgan.

"Biz 65-daqiqagacha o'yinni to'liq nazorat qildik. Keyin esa jamoaviy tartibni yo'qotdik.

To'pni imkon qadar tezroq hujumga etkazishga urindik. Natijada o'yin ustidan nazoratni qo'ldan chiqardik.

Bu, albatta, achinarli holat. Ammo buyuk jamoalar shunday qiyin uchrashuvlarda ham g'alaba qozonishni biladi", — deya Xilaning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik himoyachi o'tgan yozda "Milan" safiga qo'shilgan edi. Bungacha u Rimning "Latsio" klubida to'p surgan.

Qizig'i, Xila bahorda "Latsio" safida aynan "Milan" darvozasiga g'alaba golini kiritgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ