logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Sarri «Milan»dan uchralgan mag'lubiyatda hakamni aybladi

 19 OKTYABR, 2026, 09:00

«Atalanta» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Italiya A Seriyasining 7-turida «Milan»dan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng hakamlik qarorlarini tanqid qildi.

Bergamoliklar 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan uchrashuvda bir qator bahsli vaziyatlar yuzaga keldi. Sarrining fikricha, bosh hakamning ayrim qarorlari o'yin natijasiga ta'sir ko'rsatgan.

«Uchrashuv boshida bizga shiddat etishmadi. Shu sababli raqib himoyadan osonlik bilan hujumga o'ta oldi.

Keyinchalik hal qiluvchi vaziyatlar bizning foydamizga hal bo'lmadi.

O'yin davomida to'p qo'lga tekkan uchta holat kuzatildi. Ularning ikkitasi bizning jarima maydonchasida sodir bo'ldi va hakam bu qoidabuzarliklarni qayd etdi. Ammo uchinchi holat e'tiborsiz qoldirildi.

Birinchi penalti bahsli vaziyatdan keyin belgilandi. Futbolchining qo'l harakati tabiiy edi.

Agar shu mantiqqa amal qilinsa, raqib darvozasiga ham penalti belgilanishi kerak edi.

Bundan tashqari, ma'lum bo'lishicha, endi futbolchilar hakamni haqorat qilishlari ham mumkin ekan. Buning uchun ular hatto maydondan chetlatilmayapti», — deya Sarrining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Qayd etish joiz, «Atalanta» Italiya chempionatining dastlabki ettita turidan so'ng musobaqa jadvalida o'ninchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ