logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Gattuzo «Yuventus» ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng: «Yagona yo'l — tinimsiz mehnat»

 19 OKTYABR, 2026, 09:00

«Latsio» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya A Seriyasining 7-turida «Yuventus» ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Rimliklar Turinda bo'lib o'tgan uchrashuvda mezbonlarni 3:0 hisobida mag'lub etib, kutilmagan natija qayd etishdi.

Gattuzo tarixiy g'alabadan mamnun ekanini yashirmadi. Biroq mutaxassis jamoa muvaffaqiyatdan keyin ham o'z ustida ishlashni to'xtatmasligi kerakligini ta'kidladi.

«Biz bu tarixiy oqshomdan quvonamiz, ammo oldinga qadam-baqadam, kunma-kun harakat qilishimiz kerak.

Men hali futbolchilarimni juda yaxshi bilib ulgurganim yo'q. Chunki ular bilan bor-yo'g'i uch oydan beri ishlayapman.

Bizning oldimizda faqat bitta yo'l bor — tinimsiz mehnat.

O'zimiz istagan futbolni namoyish etish uchun mashg'ulotlarda bor kuchimizni berishimiz shart. Chunki ixtiyorimizda boshqa tarkib yo'q.

Agar hozir turnir jadvaliga qarab, o'zimizni qandaydir alohida jamoa deb hisoblay boshlasak, xato qilgan bo'lamiz.

Hali oldimizda juda ko'p ish bor», — deya Gattuzoning so'zlarini keltiradi cittaceleste.it.

Qayd etish joiz, «Latsio» ayni paytda Italiya A Seriyasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ