logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mourino «Barselona» o'yinidagi hakamlik haqida: «Hayron qolmadim»

 19 OKTYABR, 2026, 08:34

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino «Barselona»ning Ispaniya chempionatida «Betis»ga qarshi o'tkazgan uchrashuvidagi bahsli hakamlik qarorlariga munosabat bildirdi.

Kataloniyaliklar shanba kuni Sevilyada bo'lib o'tgan bahsda mezbonlarni 5:2 hisobida mag'lub etishgan edi.

Uchrashuv davomida hakamlarning ayrim qarorlari «Betis» vakillarining jiddiy noroziligiga sabab bo'ldi.

Yakshanba kuni jurnalistlar «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinodan mazkur vaziyat haqidagi fikrini so'rashdi.

«Men bu o'yinni tomosha qilmadim. Qasam ichaman, «Barselona»ning uchrashuvini ko'rganim yo'q. O'sha paytda «Bavariya» va «RB Leyptsig» o'rtasidagi bahsni kuzatayotgan edim.

Keyinroq «Betis» va «Barselona» o'yinida nimalar sodir bo'lganini bilib oldim. Ammo, albatta, bundan umuman hayron qolmadim.

Odatiy ish kuni, xolos», — deya Mourinoning so'zlarini keltiradi Madrid Zone.

Qayd etish joiz, «Real» yakshanba kuni Ispaniya La Ligasida «Sevilya»ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.

Navbatdagi turda esa Madrid klubini printsipial raqibi «Barselona»ga qarshi muhim uchrashuv kutmoqda.

25 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan «El-klasiko»ga «Kamp Nou» stadioni mezbonlik qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ