logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:57
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

OChL. "Navbahor" safarda "Al-Hilol" bilan durang o'ynadi

 19 SENTYABR, 2023, 01:18

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosiqichining 1-tur o'yinida "Navbahor" safarda "Al-Hilol" mehmoni bo'lib 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Ikkinchi bo'lim boshida vakillarimizning goliga Toma Tabatadze mualliflik qildi. U Abror Ismoilovning ajoyib uzatmasidan so'ng hisobni ochdi. O'yin yakuniga 4 daqiqa qolganda mezbonlar tinimisiz hujumlarning birini gol bilan yakunlandi, unga Al-Bulayxi mualliflik qildi.

OChL. “D” guruhi. 1-tur
“Al-Hilol” – “Navbahor” – 1:1
Gol: 52 - Toma Tabatadze (0:1), 90+10 - Al-Bulayxi (1:1).
18 sentyabr. Ar-Riyod shahri. “Qirol Fahd” xalqaro stadioni.
Hakamlar: Muhammad Abdulla Hassan Muhammad, Muhammad Ahmad Al Hammadi, Hasan Muhammad Al Mahri, Sulton Muhammad Al Hammadi (barchasi BAA).
Nazoratchi: Viktor Kolpakov (Qirg'iz Respublikasi).
Komissar: Bashir Abdul Xoliq (Livan).
“Al-Hilol” (boshlang'ich tarkib): 21.Muhammad Al Ovays, 5.Ali Al Bulayhi, 7.Salmon Al Faraj, 8.Ruben Nevesh, 9.Aleksandar Mitrovich, 10.Neymar, 12.Yosir Al Shahroni, 66.Saud Abdulhamid, 77.Malkom, 87.Hassan Al Tambakti, 96. Mishael Oliveyra.
“Navbahor” (boshlang'ich tarkib): 1.O'tkir Yusupov, 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 7.Oston O'runov, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Abrorbek Ismoilov, 22.Igor Golban, 77.Asadbek Sobirjonov, 91.Toma Tabatadze.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR