logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:46
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Barselona" Balde bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qilishga tayyorgarlik ko'rmoqda

 18 SENTYABR, 2023, 23:24

"Barselona" chap qanot himoyachisi Alexandro Balde bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e'lon qilishga tayyorlanmoqda.

Yozda yosh himoyachi bilan yangi shartnoma imzolanishi haqidagi ma'lumotlar paydo bo'ldi. Nufuzli manbalar Kataloniya klubi va Balde o'rtasida og'zaki kelishuv bo'lgani haqida xabar berishdi va hozir, jurnalist Fernando Poloning xabar berishicha, kelishuv rasmiylashtirilish arafasida. 19 yoshli futbolchining yangi shartnomasi, kutilganidek, 2028 yilgacha mo'ljallangan. Yaqin kunlarda yangi shartnoma e'lon qilinishi mumkin.

Alexandro Balde joriy mavsumda “Barselona” safida 55 ta o'yinda maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR