logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:36
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Klopp - dastxat so'ragan yosh bolaga: "Bundan yaxshisi bo'lmaydi"

 18 SENTYABR, 2023, 23:18

Yurgen Klopp matbuot anjumanida yosh bolaga dastxat berdi.

"Liverpul" bosh murabbiyi "Vulverxempton" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin (3:1) jurnalistlar savollariga javob berdi. Bir payt uning oldiga bir bolakay keldi va so'radi: "Sizdan dastxat olsam bo'ladimi?"

Yurgen jilmayib javob berdi: "Albatta, bo'ladi." Murabbiy bloknotga imzo chekarkan: "Bu butun matbuot anjumanidagi eng yaxshi savol ekanligiga 100 foiz aminman" dedi.

Keyin bola Kloppdan futbolkaga Alissonning ismini yozib qo'yishni so'radi. Nemis mutaxassisi: “Men ham buni qila olaman. Ikkinchi eng yaxshi savol."

Bola markerni olib chiqib ketganida, Klopp tabassum bilan dedi: "Bundan yaxshimi bo'lmaydi".

 

 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR