logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Superkompyuter 5 turdan keyin APLning yakuniy jadvalini bashorat qildi. Natijalar «Chelsi» va «MYu» uchun achinarli

 18 SENTYABR, 2023, 22:24

Sun'iy ongga asoslangan superkompyuter APL jadvalini qanday ko'rinish olishni taxmin qildi. Oqibatlar «MYu» hamda «Chelsi» muxlislariga yoqmasligi aniq. «Qizil iblislar» ham, «Aristokratlar» ham yangi mavsumni katta kutilmalar bilan boshlagandi. Ammo omadsiz start har ikki jamoadagi muammolarni namoyon qildi. Xususan, 5 turda «MYu» o'z maydonida «Brayton»ga sharmandali ravishda mag'lub bo'ldi. O'yinda Rasmus Xyoylunn va Antoni Marsyallarning almashinuvi muxlislar g'azabini qo'zg'adi. «Chelsi» esa safarda o'zidan ancha zaif bo'lgan «Bornmut»ni yuta olmadi. Londonliklar 5 ta turda faqatgina 1 ta g'alaba qayd etib turibdi.


Superkompyuter so'nggi natijalarni tahlil qilgan holda, APLning yakun jadvalini qanday ko'rinish olishini shakllantirdi. Bundan oldingi versiyada «MYu» 4 o'rinni, «Chelsi» esa 6 pog'onani band etishi belgilangandi. Ammo beshinchi turdan keyin bu pozitsiya o'zgardi. Endilikda, «MYu» kuchli to'rtlikdan chiqarilib, beshinchi o'ringa tushirildi. Pochettino boshchiligidagi «Chelsi» esa ettinchida qayd etilmoqda. Ayni damda ushbu klublar mos ravishda 13 va 14 o'rinlarni band etib turibdi. «Qizil iblislar»da 5 ta turdan keyin 6 ochko mavjud bo'lsa, «Chelsi»da 5 ochko bor xolos.


Kutilganidek, sun'iy ong «Manchester Siti»ni yangi mavsumda ham chempion bo'ladi deb hisoblamoqda. «Liverpul» esa bo'lajak chempionlarga eng yaqin kelgan jamoa bo'ladi. Uchinchi o'rinni «Arsenal» egallasa, kuchli to'rtlikni «Nyukasl» yakunlab beradi.


Aneglos Postekogluning fantastik start olgan «shporlar»ining ishlari mavsum oxiriga borib, unchalik ham yaxshi bo'lmaydi. «Tottenxem» 38 turdan keyin «MYu» va «Chelsi» orasida, 6 o'rinda bo'ladi. «Brayton», «Aston Villa» va «Vest Xem»lar turnir jadvalining birinchi yarmiga yakun yasaydi. APLdan ketadiganlar sifatida «Everton», «Sheffild Yunayted» hamda «Luton Taun» qayd etilgan. Kompani jamoasi bo'lmish Byornli esa Chempionship iskanjasidan zo'rg'a qutilib qoladi. Turnir jadvali markazida «Brentford», «Kristal Pelas» va «Nottingem» mos ravishda 11,12 va 13 o'rinlarda joylashishi taxmin qilinmoqda.

 

 


ISMATOV J.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ