Osiyo o'yinlarining ilk kunini bitta medal bilan yakunladik
20 SENTYABR, 2026, 18:32
20 sentyabr kuni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida navbatdagi Osiyo o'yinlari start oldi.Musobaqaning ilk kunida O'zbekiston sport delegaciyasi bitta kumush medal qo'lga kiritdi. Karatechimiz Humoyunmirzo Halimov kumush medalga ega chiqdi.
Kun davomida bahslarda ishtirok etadigan sportchilarimiz qayd etayotgan natijalar bilan ushbu sahifa orqali tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.
17:00. Stol tennisi. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda Yaponiyaga 0:3 hisobida imkoniyat boy berildi.
15:05. Suv polosi. Qizlarimiz Xitoyga 6:32 hisobida yutqazishdi.
15:00. Gandbolchi qizlarimiz Yaponiyaga 12:43 hisobida yutqazishdi.
14:55. MMA. Hilola Sobirova Xitoy Taypesi vakilasini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi.
14:00. Stol tennisida qizlarimiz Yaponiyaga 0:3 hisobida yutqazdik.
13:35. MMA. -65 kg vaznli sportchimiz Husniddin Nasriddinov ishtirokidagi jang negadir o'tkazilmadi. Unga raqib bo'lishi kerak bo'lgan tojikistonlik sportchi yarim finalga yo'l oldi.
13:30. O'ZBEKISTONDA ILK MEDAL! Karatechimiz Humoyunmirzo Halimov -55 kg vazn toifasida kumush medalga ega chiqdi! U finalda qozog'istonlik raqibga 1:9 hisobida imkoniyatni boy berdi.
13:05. Zamonaviy beshkurash. Dmitriy Tretyakov finalda 11-natijani ko'rsatdi va medalsiz qoldi.
13:00. Sohil voleyboli. Azamat Dauilbaev va Dilshodbek Tolibaevdan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi Xitoyga 0:2 hisobida yutqazdi.
12:45. MMA. -71 kg vazn toifasida Nodirbek SHavkatov koreyalik raqibini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi.
12:30. Velosport. Nikita Cvetkov 18 nafar sportchi ichida 14-o'rinni band etdi. Exx, medal kutilgan sportchimiz edi...
11:25. Karateda final bor! -55 kg vazn toifasida Humoyunmirzo Halimov yarim finalda Nepal vakilini 7:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi! Oltin medal uchun kurashda raqibimiz Qozog'istondan bo'ladi.
11:00. Karatechimiz Bonu Egamberdieva ilk jangidayoq indoneziyalik raqibasiga 0:3 hisobida yutqazdi.
10:54. CHim ustida xokkey bo'yicha erkaklar terma jamoamiz Malayziyaga 0:7 hisobida yutqazdi.
10:30. CHim ustida xokkeychi yigitlarimiz 3-bo'limdan so'ng Malayziyaga 0:5 hisobida mag'lub bo'lishmoqda.
10:10. Karate. -55 kg vazn toifasida Humoyunmirzo Halimov Malayziya vakilini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi.
10:00. Karate. -60 kg vaznli Mehriddin To'raxonov qatarlik raqibiga 1:4 hisobida yutqazdi.
9:45. CHim ustida xokkeychi yigitlarimiz Malayziya bilan bahs olib borishmoqda. Hozircha 0:2 hisobida yutqazyapmiz.
9:05. 10 metrga miltiqdan o'q otish bahslarida hamyurtimiz Muhtasar Tohirova ishtirokini o'z oxirigacha etkaza olmadi. Afsuski, bu yo'nalishda finalda vakilimiz bo'lmaydi.
9:00. CHim ustida xokkey. Ayollar terma jamoamiz Hindistonga 0:19 hisobida yutqazdi.
8:35. Zamonaviy beshkurash. Ayollar. Mehriniso Qahramonova bahslarni 4-o'rinda tugatdi. Samira Abzalova esa 9-o'rin bilan kifoyalandi.
8:20. Velosportchimiz Yanina Kuskova individual vaqt poygasida 5-o'rinni band etdi.
8:15. Ayollar o'rtasidagi triatlon bahslarida Alina Hakimova 12-o'rin bo'ldi. Diana Biktimirova esa musobaqani oxirigacha etkaza olmadi.
6:40. Triatlon. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda Jeremi Kuindos to'rtinchi natijani qayd etdi. Afsuski medalga biroz etmadi. Aleksandr Kurishov esa 20-natijani ko'rsatdi.
6:15. MMA. Firdavs Atamuratov Saudiya Arabistoni vakili Malik Basaelni ochkolar evaziga mag'lub etdi
20 sentyabr kuni musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati bilan tanishing:
Toshkent vaqti bilan. Vaqtlarda o'zgarishlar bo'lishi mumkin.
MMA, saralash: 04:10 - Firdavs Atamuratov - Malik Basael (Saudiya Arabistoni)
MMA, saralash: 04:30 - Husniddin Nasriddinov - Otabek Rajabov (Tojikiston)
Triatlon, erkaklar, yakkalik, final - 04:30 - Jeremi Kuindos
Triatlon, erkaklar, yakkalik, final - 04:30 - Aleksandr Kurishov
Velosport, individual, medal uchun: 05:00 - Yanina Kuskova
O'q otish, miltiq, ayollar, 10 metr, saralash - 05:45 - Muhtasar Tohirova
Zamonaviy beshkurash, yakkalik, ayollar - 06:00 - Samira Abzalova
Zamonaviy beshkurash, yakkalik, ayollar - 06:00 - Mehriniso Qahramonova
Triatlon, ayollar, yakkalik, final - 07:00 - Alina Hakimova
Triatlon, ayollar, yakkalik, final - 07:00 - Diana Biktimirova
CHim ustida xokkey, ayollar, guruh bosqichi: 07:00 - O'zbekiston - Hindiston
Sohil voleyboli, erkaklar, juftlik - 08:00 - O'zbekiston - Xitoy
MMA, saralash: 09:00 - Nodirbek SHavkatov - Eun Sok CHoy (Janubiy Koreya)
CHim ustida xokkey, erkaklar, guruh bosqichi: 09:00 - O'zbekiston - Malayziya
Velosport, individual, medal uchun: 09:30 - Nikita Cvetkov
Karate, saralash va medal: 09:40 - Humoyunmirzo Halimov - Tevendran Sundram (Malayziya)
Karate, saralash va medal: 09:40 - Mehriddin To'raxonov - Abdulrahmon Abdulhamid
Karate, saralash va medal: 10:20 - Bonu Egamberdieva - Humayra Lubis (Indoneziya)
Zamonaviy beshkurash, yakkalik, erkaklar - 10:30 - Dmitriy Tretyakov
MMA, saralash: 11:00 - Hilola Sobirova - YU Fen Lin (Xitoy Taypeyi)
Stol tennisi, ayollar, guruh bosqichi - 12:00 O'zbekiston - Yaponiya
Gandbol, qizlar, guruh bosqichi: 13:30 - O'zbekiston - Yaponiya
Suv polosi, guruh bosqichi: 13:40 - Xitoy - O'zbekiston
Ushu, saralash va finallar - 14:00dan so'ng - Farog'at Nurmamatova - Alisa Haiyasit (Laos)
Stol tennisi, erkaklar, guruh bosqichi - 14:30 O'zbekiston - Yaponiya
Ushu, saralash va finallar - 15:00dan so'ng - Avazbek Mahamadjonov - Javlhar Urcaix (Mo'g'uliston)
Ushu, saralash va finallar - 15:30dan so'ng - Doniyor Turg'unbaev - Carcal Naranceg (Mo'g'uliston)
Manba: olamsport.com
