"Bu adolatdan emas". Rafinya "Oltin to'p" nominantlari ro'yxatida yo'qligi haqida gapirdi
20 SENTYABR, 2026, 10:00
"Barselona" hujumchisi Rafinya 2026 yilgi "Oltin to'p" nominantlari ro'yxatida yo'qligi haqidagi savolga javob berdi.SHuningdek, mukofotga davogarlar qatoriga "ko'k-anorranglilar" yarim himoyachisi Pedri ham kiritilmagan edi.
"Menimcha, bu adolatdan emas. Nafaqat menga nisbatan, balki Pedriga nisbatan ham. O'ylashimcha, u ham ro'yxatda bo'lishi kerak edi", — dedi Rafinya RAC1 nashriga bergan intervyusida.
O'tgan mavsumda braziliyalik hujumchi barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. "Barselona" tarkibida Rafinya Ispaniya chempioni bo'ldi va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi. 2026 yilgi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi 1/8 final bosqichida musobaqani tark etdi.
Manba: olamsport.com
