Jahon chempioni Aslanbek SHimbergenov boksdagi faoliyatini yakunladi
19 SENTYABR, 2026, 16:16
Qozog'istonlik bokschi, 2023 yilgi jahon chempioni va Qozog'iston terma jamoasining sobiq sardori Aslanbek SHimbergenov sportdagi faoliyatini yakunlaganini malum qildi.Sportchi ringga qaytish imkoniyatini ko'rib chiqqani va hatto mashg'ulotlarni qayta boshlashga uringanini, biroq yakunda faoliyatini butunlay yakunlashga qaror qilganini aytdi.
«Boksga qaytish haqida o'ylar bo'ldi. Hatto yana mashg'ulotlarni boshlashga harakat qildim. Ammo buning uddasidan chiqa olmadim. SHu sababli professional faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Hozir Jambil viloyatidagi professional boks klubida rahbar o'rinbosari sifatida faoliyat yurityapman», — dedi SHimbergenov.
Qozog'istonlik bokschi faoliyati davomida xalqaro maydonda qator yutuqlarga erishgan. 2023 yilda jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan SHimbergenov, bir yil avval — 2022 yilda Osiyo chempioniga aylangan. SHuningdek, uning hisobida 2019 yilgi harbiy xizmatchilar o'rtasidagi jahon chempionligi va Qozog'iston chempionatlaridagi ikkita g'alaba mavjud.
SHimbergenov Osiyo o'yinlarida ham sovrindor bo'lgan. U 2018 yilgi Osiyo o'yinlarida kumush, 2023 yilda esa bronza medalni qo'lga kiritgan. Bokschi, shuningdek, 2024 yil Parijda o'tkazilgan yozgi Olimpiya o'yinlarida Qozog'iston sharafini himoya qilgan.
Manba: olamsport.com
