Butunjahon shaxmat Olimpiadasi: yigitlar Turkiya bilan, qizlar esa Argentinaga qarshi dona surishadi
19 SENTYABR, 2026, 10:16
Bugun Samarqand mezbonlik qilayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 4-tur o'yinlari o'tkaziladi.O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun Turkiya bilan bahs olib boradi. O'zbekiston-2 vakillari Yangi Zelandiya, O'zbekiston-3 terma jamoamiz esa Yamanga qarshi o'ynaydi.
Ayollar o'rtasidagi bahslarda esa asosiy terma jamoamiz Argentina bilan, O'zbekiston-2 qizlari Qirg'iz Respublikasi, O'zbekiston-3 jamoasi esa Kubaga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuvlar soat 15:00da boshlanadi.

comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">
Manba: olamsport.com
