Aichi-Nagoya. Zamonaviy beshkurashchilarimiz Osiyo o'yinlaridagi ishtirokini boshlashdi
16 SENTYABR, 2026, 22:16
Yaponiyada tashkil etilayotgan XX yozgi Osiyo o'yinlarining bugungi bellashuvlari doirasida zamonaviy beshkurashchilarimiz ishtirok etishdi.Kun davomida uch nafar sportchimiz dastlabki saralash bosqichini o'tkazishdi.
Jumladan, qilichbozlik bo'yicha kechgan bellashuvlar yakunlariga ko'ra, Mehriniso Qahramonova 20 ta g'alaba bilan o'ninchi, Samira Abzalova esa o'n uchinchi natijani qayd etdi.
Bundan tashqari, erkaklar o'rtasidagi bahslarda esa Dmitriy Tretyakov 20 ta g'alaba va 15 ta mag'lubiyat qayd etdi. Bu orqali u o'n beshinchi natijani qayd etdi. Hamyurtimiz ishtirokini 18 sentyabr kuni davom ettiradi.
Manba: olamsport.com
