46th Chess Olympiad Samarkand 2026 start olmoqda. Ilk turda terma jamoalarimiz kimlarga qarshi dona suradi?
16 SENTYABR, 2026, 08:32
Bugun Samarqand shahrida har ikki yilda bir bor o'tkaziluvchi va dunyoning 200 dan ortiq davlati qatnashadigan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi boshlanadi.Mezbon sifatida O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari uchtadan tarkibda yurtimiz sharafini himoya qiladi. Soat 15:00da boshlanadigan 1-tur juftliklari malum bo'ldi.
O'zbekiston erkaklar terma jamoasining asosiy tarkibi Yamaykaga, ayollar terma jamoamiz esa Trinidad va Tobagoga qarshi bahs olib boradi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
O'zbekiston 2 erkaklar terma jamoamiz 1-turda Afg'onistonga, ayollar terma jamoamiz esa Togoga qarshi dona suradi. O'zbekiston 3 jamoasi Mali, qizlarimiz esa Tanzaniya terma jamoasi bilan hisob-kitob qiladi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Malumot uchun, Hindiston erkaklar va ayollar terma jamoalari amaldagi Olimpiada chempioni hisoblanadi. 2024 yil Vengriyaning Budapesht shahri mezbonlik qilgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida Hindiston erkaklar va ayollar terma jamoalari oltin medalga ega chiqqandi. 2022 yilgi Olimpiada chempioni O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ikki yil avval bronza medaliga sazovor bo'lgan edi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Manba: olamsport.com
