logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Real" "Elche" bilan o'yinda 90+1-daqiqada g'alabani ilib ketdi

 16 SENTYABR, 2026, 08:00

Ispaniya La Ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi 6-turidan o'rin olgan "Elche" hamda Madridning "Real" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv gollarga boy bo'ldi.

Elchedagi "Manuel Martines Valero" stadionida kechgan bahs mehmonlarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi. Uchrashuvni bosh hakam Xesus Xil Mansano boshqarib bordi.

25-daqiqada "Elche" darvozaboni Matias Dituro o'z darvozasiga gol urib qo'ydi. Oradan sakkiz daqiqa o'tib, hujumchi Kilian Mbappe "Real"ning ustunligini mustahkamladi. 71-daqiqada "Elche" hujumchisi Abel Osorio hisobni qisqartirdi. 

O'yinning 83-daqiqasida esa mezbonlar forvardi Fer Nino muvozanatni tikladi. 90+1-daqiqada hujumchi Karlos Espi Kilian Mbappening uzatmasidan so'ng "qaymoqranglilar"ga g'alaba keltirgan golni kiritdi.

La Ligada oltita o'yin o'tkazgan "Real" 15 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Elche" esa 2 ochko bilan 20-o'rinda bormoqda. Turnir jadvalini beshta o'yinda 15 ochko to'plagan "Barselona" boshqaryapti.

La Liga, 6-tur

“Elche” - “Real Madrid” 2:3

Gollar: Osorio 71, Nino 83 - Dituro 25 (atogol), Mbappe 33, Espi 90+1.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ