logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Osiyo o'yinlari: O'zbekiston 2002 yildan buyon turnir startida yutqazmayapti

 15 SENTYABR, 2026, 17:48

Biroz oldin Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida Osiyo o'yinlarining futbol musobaqasidan o'rin olgan O'zbekiston-Filippin uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinda katta ustunlikka ega bo'lgan vakillarimiz 5:1 hisobida g'alabani tantana qildi. SHu tariqa "oq bo'rilar" ketma-ket 6-Osiyo o'yinlari startini mag'lubiyatsiz boshladi. Oxirgi marotaba O'zbekiston U-23 terma jamoasi 2002 yilgi Osiyo o'yinlarining ilk bahsida Bahraynga engilgandi. Keyingi turnirlarda esa vaziyat o'zgargan.

2002. O'zbekiston - Bahrayn 0:3
2006. BAA - O'zbekiston 1:2
2010. O'zbekiston - Bangladesh 3:0
2014. O'zbekiston - Gonkong 1:1
2018. Bangladesh - O'zbekiston 0:3
2022. Gonkong - O'zbekiston 0:1
2026. O'zbekiston - Filippin 5:1

Ravshan Haydarov shogirdlari navbatdagi uchrashuvini 18 sentyabr kuni Kuvaytga qarshi o'tkazadi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ