SHohjahon Ergashev Daniyar Eleusinovni jangga chorladi, Olimpiada chempioni esa bunga javob qaytardi
15 SENTYABR, 2026, 14:00
O'zbekistonlik bokschi SHohjahon Ergashev (26-2, 23 KO) qozog'istonlik Olimpiya o'yinlari chempioni Daniyar Eleusinov (13-0, 8 KO) bilan jang qilishga tayyorligini malum qildi."IBA Nomad ligasidan Olimpiya chempioni Daniyar Eleusinovga qarshi jang qilish taklifi tushdi. Men darhol rozi bo'ldim. Agar u Olimpiya chempioni bo'lsa, demak, men u bilan jang qilaman", — dedi Ergashev.
O'z navbatida Eleusinov Ergashevning chaqiruviga javob qaytardi.
"Avvaliga u menga qarshi jang qilmasligini aytgan edi. Endi esa men ringga chiqolmasligimni bilgan holda gapiryapti... CHunki mening Zuffa bilan shartnomam bor", — deb yozdi Eleusinov Instagram sahifasida.
Manba: olamsport.com
