logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

UFC 331 turnirining to'liq kardi tasdiqlandi: Joshua Van – Pantoja, Carukyan – Ruffi

 15 SENTYABR, 2026, 09:16

Bizning vaqt bilan 20 sentyabr tongida AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida raqamlangan UFC 331 turniri bo'lib o'tadi.

Dunyoning eng kuchli ligasi matbuot xizmati tomonidan asosiy jang chempionlik maqomida bo'lgan turnirning to'liq kardi tasdiqlandi. Ramazon Temirov vazndi UFC chempioni bo'lib turgan myanmalik Joshua Van ushbu kamarning sobiq sohibi braziliyalik Aleksandr Pantojaga qarshi oktagonga chiqadi.

Oqshomning ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangi (co-main event) engil vazn toifasida tashkil etiladi. Unda reytingda ikkinchi o'rinni egallab turgan asli armanistonlik Arman Carukyan hamda reytingning ettinchi pog'onasida borayotgan braziliyalik Maurisio Ruffi o'zaro to'qnash keladi. 


UFC 331 turnirining to'liq kardi

Asosiy kard

Eng engil vazn toifasi: Joshua Van (UFC chempioni) – Aleksandr Pantoja (reytingda 1-o'rin)

Engil vazn: Arman Carukyan (#2) – Maurisio Ruffi (#7)

Yarim engil vazn: Patrisio Pitbul (#15) – CHxve Tu Xo

Engil vazn: Renato Moykano (#11) – Brayan Ortega

Yarim og'ir vazn: Alonzo Menifild (#14) – Ivo Baranevski


Prelim kard

Og'ir vazn: Geybl Stivson – SHon SHaraf

O'ta engil vazn: Marlon Vera (#10) – CHarlz Jurden

Og'ir vazn: Tay Tuivasa – Robelis Despane

Yarim engil vazn: Maykl Asuell – YU Ju San


Erta prelim kard

O'rta vazn: Rayan Gandra – Ozzi Dias

O'rta vazn: Edmen SHaxbazyan – Brunno Ferreyra

Ayollar o'ta engil vazn: Keysi O’Nill (#12) – Eduarda Moura (#13)

Yarim engil vazn: Giga CHikadze – Joanderson Brito



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ