logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

UFC on ESPN 71 turniri ishtirokchilari taroziga chiqdi, ikki jangchi vazn qila olmadi

 2 AVGUST, 2025, 10:32

Bizning vaqt bilan bugun tunda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

UFC on ESPN 71 turniri ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Oqshomning asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida yaponilik Tacuro Tayra hamda koreyalik Yun Sun Pak o'rtasida o'tkaziladi. Osiyolik har ikki aralash yakkakurash ustasi ham tarozida bir xil tosh bosib, belgilangan vazn meyorini bajardi - 57,15 kg!

Ikki jangchining esa tarozida ortiqcha vaznga ega ekani oydinlashdi. Treshin Gor o'rta vazn meyoridan 3.5 funt (1.59 kg) ortiqcha vazn ko'rsatdi va endi o'z gonorarining 25 foizini raqibiga beradi. Rafael Estevam esa o'ta engil vazn limitidan 4 funt (1.81 kg) og'irroq chiqdi va u ham gonorarining 25 foizini raqibi taqdim etadi. 


UFC on ESPN 71 tarozi natijalari:

Asosiy kard janglari

Tacuro Tayra (57.15 kg) – Yun Sun Pak (57.15 kg)

Kris Dunkan (70.76 kg) – Mateush Rebecki (70.53 kg)

Elvis Brener (70.53 kg) – Esteban Ribovich (70.53 kg)

Nora Kornoll (61.69 kg) – Karol Rosa (61.69 kg)

Nil Megni (77.34 kg) – Elizeu Zaleski dos Santos (77.56 kg)

Denni Silva (65.54 kg) – Kevin Valexos (66.22 kg)


Prelim kard janglari

Natan Fletcher (61.46 kg) – Rinya Nakamura (61.69 kg)

Treshin Gor (85.96 kg)* – Rodolfo Vieyra (83.91 kg)

Nik Klyayn (84.37 kg) – Andrey Pulyaev (84.14 kg)

Felipe Bunes (56.7 kg) – Rafael Estevam (58.97 kg)**

Pera Rodriges (52.62 kg) – Ketlin Souza (52.62 kg)

Ostin Bashi (66 kg) – Jon Yannis (66 kg)



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ