Murabbiy: "Agar Gerri biroz tajovuzkorroq bo'lganida, Maxachevni nokaut qilardi"
14 SENTYABR, 2026, 14:48
UFC chempionlik kamari uchun kechgan jangda Islam Maxachevga imkoniyatni boy bergan Yen Machado Gerrining murabbiyi Diego Lima shogirdini g'alabaga yaqin bo'lgan deb hisoblaydi."Yen jangni juda yaxshi o'tkazdi, uning yuziga qarab buni ko'rdingiz, — deya Limaning so'zlarini keltiradi MMA Fighting. — O'ylaymanki, agar u biroz tajovuzkorroq harakat qilganida, Maxachevni nokaut qilishi mumkin edi. Ammo shu bilan birga, biz dunyoning birinchi raqamli jangchisiga qarshi chiqayotganimizni tushunib turgandik. Maxachev — juda kuchli jangchi.
Juda baquvvat, juda yaxshi jangchi, uning natijalari barchasini o'zi aytib turibdi. Ammo Yen Gerri bu jangda g'alabaga juda yaqin edi. SHuning uchun men revansh jangida u g'alaba qozonishiga ishonaman. Maxachev haqida yomon gapirmoqchi emasman, lekin hamma Yen qanchalik kuchli ekanini ko'rdi... Fikrimcha, Yen UFC`dagi eng aqlli jangchilardan biri. U har qanday uslubga moslasha oladi. U eng kuchli zarbachi Karlos Prates bilan, keyin esa eng kuchli kurashchi Islam Maxachev bilan jang qildi va ikkalasiga ham moslasha oldi. Ishonamanki, kelasi yili u chempionlik kamarini qo'lga kiritadi".
Takidlash joizki, Islam Maxachevning o'zi ham Gerrining chiqishiga yuqori baho berdi. "Men sportni tark etganimdan keyin u chempion bo'ladi deb hisoblayman", — dedi Maxachev irlandiyalik jangchi haqida.

Manba: olamsport.com
