logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Islam Maxachev: "Jons doping bilan qo'lga tushgan – uning seriyasi haqiqiy emas!"

 14 SENTYABR, 2026, 08:48

UFC`ning yarim o'rta vazn toifasidagi chempioni Islam Maxachev nima uchun tashkilot tarixidagi eng uzun g'alabalik seriya egasi aynan u ekanligi va nima uchun bu rekord Jon Jonsga tegishli emasligini tushuntirib berdi.

Og'ir vaznda sobiq chempioni Jon Jons ligada mag'lubiyatsiz 19 ta g'alabaga erishgan.

"Men Jon Jonsni umuman tarixda eng buyuk atletlardan biri ekanligini inkor etmayman. Ammo u ikki marta doping bilan qo'lga tushgan, shuning uchun uning seriyasi haqiqiy deb hisoblanmaydi. U doping qabul qilgan holda jang qilgan va shu sababdan hisob yangidan boshlanadi. SHunga qaramay, u eng kuchli, balki tarixdagi eng kuchli jangchilardan biridir. Kim uchun qanday. Men uchun u eng kuchlilaridan biri", — dedi rossiyalik jangchi "Ushatayka" kanaliga bergan intervyusida.

Joriy yilning avgust oyida Islam Maxachev chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. U Yen Machado Gerrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, 17 ta g'alaba bilan afsonaviy Anderson Silvaning rekordini yangilagandi (Silva ligada ketma-ket 16 ta jangda g'alaba qozongan edi).



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ