Javohir Sindarovda tatimagan g'alaba, Magnus va uning jamoasida mag'lubiyat
13 SENTYABR, 2026, 11:16
Hindistonning Bangalor shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etuvchi Tech Mahindra Global Chess League (GCL) turnirda bugun chempionlik va uchinchi o'rin uchun matchlar o'tkaziladi.O'z tarkibiga yulduz shaxmatchilarni jamlagan oltita jamoa ishtirokidagi musobaqa o'zining hal qiluvchi pallasiga etib keldi. Bugun turnirda g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Hamyurtimiz Javohir Sindarov musobaqaning bu yilgi mavsumida Fyers American Gambits jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Javohirning jamoasida qozog'istonlik Bibisara Assaubaeva, rossiyalik Danil Dubov, hindistonlik Nihal Sarin, franciyalik Mark-Andria Mauricci hamda ispaniyalik xalqaro master Sara Hadem ham bor. Sindarov jamoasining birinchi — Icon taxtasida dona surmoqda.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Tech Mahindra Global Chess League turnirining navbatdagi kuni Javohir Sindarov sardorligidagi Fyers American Gambits jamoasi franciyalik taniqli grossmeyster Maksim Vashe-Lagrav boshchiligidagi Cheq Mumba Masters jamoasiga 6:11 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Sindarov raqib safidagi eng kuchli raqibni mag'lub etdi. Nihal Sarin esa vatandoshi Praneshga kutilmaganda yutqazib qo'ydi. Aynan shu mag'lubiyat yakunda Fyers American Gambits jamoasining umumiy hisobda yutqazishini taminladi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Javohirning jamoadoshlari Daniil Dubov ozarbayjonlik SHaxriyar Mamedyarov bilan, Bibisara Assaubaeva esa hindistonlik jahon chempioni Harika Dronovalli bilan durang o'ynadi. Mark-Andria Mauricci hamda ispaniyalik xalqaro master Sara Hadem ham raqiblariga yutqazishdi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... 0.jpg class="fr-fil fr-dib">
Magnus Karlsen boshchiligidagi Alpine Apl Pipers jamoasi ham bu turda Triveni Continental Kings klubidan kutilmagan mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Birinchi doskada o'ynagan jamoa sardori Magnus Karlsen oq donalarda harakat qilganiga qaramay, Alireza Firuzdjaga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Musobaqaning so'nggi kuni oldidan Ganges Grandmasters va Alpine Apl Pipers jamoalari 18 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlikni yuzaga keltirishdi. Bugun bu ikki jamoa chempionlik uchun o'zaro dona surishadi. Fyers American Gambits va Cheq Mumba Masters jamoalari hisobida 15 ochkodan bor va bu ikki jamoa bugun uchinchi o'rin, yani bronza medallari uchun o'zaro yana bir bor kuch sinashadi. Bugun Sindarovning Fyers American Gambits jamoasi kechagi mag'lubiyat uchun revansh olishga urinib ko'radi. Medallar uchun kechadigan har ikki juftlik o'yinlari ikki uchrashuvdan iborat bo'ladi.

Manba: olamsport.com
