logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Magnus Karlsen Javohir Sindarovning Gukeshga qarshi o'yini uchun taxminini aytdi

 12 SENTYABR, 2026, 17:48

Afsonaviy norvegiyalik shaxmatchi, sobiq jahon chempioni Magnus Karlsen o'zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va hindistonlik Gukesh Dommarajuning jahon chempionligi uchun bo'lajak bahsi haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, “himoya qilish” degan so'z bu erda unchalik to'g'ri emas. CHunki Gukesh so'nggi ikki yilda qanday o'ynaganini hisobga olsak, u nimanidir himoya qilishga majbur bo'lgan holatda bo'lmasligi kerak.

Aksincha, u yanada ko'proq narsalarga erishish imkoniyatiga ega bo'lgan poziciyada turibdi. U 2024 yilda hamma narsa yaxshi ketganda nihoyatda yuqori darajada o'ynay olishini namoyish qilgan edi.

Menimcha, agar Sindarov o'yinning dastlabki bosqichlarida oldinga chiqib olsa, bu Gukesh uchun juda yomon signal bo'ladi. Agar Gukesh boshidayoq etakchilikni qo'lga kiritsa, u avtomatik ravishda bahsning yaqqol favoritiga aylanadi. Bunday uchrashuvlarning tabiati shunday", — dedi Karlsen.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ