logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Super Rizin 5 natijalari: SHaydullaev Rizin va PFL chempionlik kamarlarini birlashtirdi

 11 SENTYABR, 2026, 09:48

Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan qirg'izistonlik aralash yakkakurash ustasi Rajabali SHaydullaev ikki liga chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.

SHaydullaev yarim engil vazn toifasidagi Rizin chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi va shu vazn toifasidagi vakant bo'lgan PFL chempionlik unvonini qo'lga kiritdi. U Osaka shahrida o'tkazilgan Super Rizin 5 turnirining markaziy jangida amerikalik Ey Jey MakKini mag'lubiyatga uchratdi.

Jang to'liq uch raund davom etdi va hakamlarning yakdil qarori bilan (uchala hakam ham 30-27 hisobini berdi) 25 yoshli qirg'izistonlik sportchi foydasiga hal bo'ldi. SHaydullaev faoliyatida ilk bor raqibini muddatidan oldin taslim eta olmadi, biroq kurash va grepplingdagi ustunligi evaziga butun jang davomida tashabbusni o'z qo'lida ushlab turdi.

G'alabadan so'ng, Rajabali SHaydullaev o'zining navbatdagi raqibi bo'lishi kutilayotgan 20 yoshli yaponiyalik iqtidorli jangchi Kiyoma Akimoto bilan "ko'z urishtirish" (face to face) marosimini o'tkazdi. Dastlabki malumotlarga ko'ra, chempionlik jangi dekabr oyiga rejalashtirilgan va u tashkilotning ananaviy yangi yil turnirining markaziy jangi bo'lishi mumkin.


Turnirning barcha natijalari:

Rajabali SHaydullaev Ey Jey MakKini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi (30-27, 30-27, 30-27) – yarim engil vaznda Rizin va PFL chempionlik kamarlari uchun jang.

Mikuru Asakura SHinya Aokini nokaut bilan mag'lub etdi (zarbalar) – 1-raund, 2:39.

Ren Xiramoto Qarshig'a Dautbekni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub etdi (27-29, 29-28, 29-28).

Roberto Satoshi de Souza SHunta Nomurani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi (29-28, 29-28, 29-28).

Yutaka Seyto Ren Sugiyamani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi (30-27, 30-27, 30-27).

Vugar Karamov Rio Takagini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi (29-28, 30-27, 30-27).

Natalya Kuzyutina Rina Kubotani sabmishn (gilotina bo'g'ishi) bilan mag'lub etdi – 2-raund, 3:14.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ